Hamkor Bank

Har bir qadam ilova ekrani bilan ko‘rsatilgan
01

Hamkor ilovasida ro‘yxatdan o‘tish

11 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Ilova tilini tanlang

2-qadam

Telefon raqamingizni kiriting va “Davom etish” tugmasini bosing

3-qadam

SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting

4-qadam

Ommaviy oferta shartlarini o‘qib, rozilik bildiring

5-qadam

Ilovaga kirish uchun PIN-kod yarating

6-qadam

Shaxsni tasdiqlash usulini tanlab, MyID tizimiga o‘ting

7-qadam

Pasport seriyasi va raqami hamda tug‘ilgan sanani kiriting.

8-qadam

Kameraga to‘g‘ri qarab, biometrik identifikatsiyadan o‘ting.

9-qadam

Akkaunt uchun yangi parol yarating

10-qadam

Muhim xabarlarni olish uchun bildirishnomalarga ruxsat bering

11-qadam

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangach, bosh sahifaga o‘ting

02

Mavjud kartani ilovaga qo‘shish

9 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Ilovaning bosh sahifasida kartalar bo‘limidagi «+» belgisini bosing

2-qadam

«Kartani qo‘shish» oynasida «Kartani biriktirish» xizmatini tanlang

3-qadam

Karta raqami va uning amal qilish muddatini kiriting

4-qadam

Kiritilgan ma’lumotlarni tekshirib, «Kartani qo‘shish» tugmasini bosing

5-qadam

SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting

6-qadam

Shaxsni tasdiqlash uchun «MyID’ga o‘tish» tugmasini bosing

7-qadam

Pasport seriyasi va raqami yoki JShShIR hamda tug‘ilgan sanani kiriting. So‘ng «Davom etish» tugmasini bosing

8-qadam

Yuzingiz belgilangan doira ichida to‘liq ko‘rinadigan qilib, biometrik identifikatsiyadan o‘ting

9-qadam

Karta muvaffaqiyatli qo‘shilganini bosh sahifadagi kartalar ro‘yxatidan tekshiring

03

Karta raqami yoki telefon raqami orqali pul o‘tkazish

7 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

O‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting

2-qadam

Qabul qiluvchining karta raqami, telefon raqami yoki ismini kiriting

3-qadam

Qidiruv natijasidan kerakli kartani tanlang

4-qadam

Pul yechiladigan kartani tanlash uchun “Kartani tanlang” maydonini bosing

5-qadam

Pul yechiladigan kartani ro‘yxatdan tanlang

6-qadam

O‘tkazma summasini kiriting va “O‘tkazish” tugmasini bosing

7-qadam

O‘tkazma muvaffaqiyatli bajarilganini tekshiring. Zarur bo‘lsa, chekni saqlang

04

Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmasi

10 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

O‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting va “VISA Direct” xizmatini tanlang

2-qadam

Pul yechiladigan kartani tanlash maydonini bosing

3-qadam

Visa kartangizni ro‘yxatdan tanlang

4-qadam

Pul qabul qiluvchining kartasini tanlash maydonini bosing

5-qadam

Qabul qiluvchining karta raqamini kiriting

6-qadam

Karta raqamini tekshiring va “Keyingi” tugmasini bosing

7-qadam

Qabul qiluvchining ism-familiyasi va o‘tkazma summasini lotin harflarida kiriting

8-qadam

O‘tkazma ma’lumotlari va komissiyani tekshirib, operatsiyani tasdiqlang

9-qadam

SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting

10-qadam

O‘tkazma muvaffaqiyatli bajarilganini tekshiring va chekni saqlang

05

Kartaga buyurtma berish, yetkazib olish va faollashtirish

19 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Mahsulotlar vitrinasi”da “Kartani rasmiylashtirish” bo‘limini tanlang

2-qadam

Debet kartalar ro‘yxatidan kerakli kartani tanlang

3-qadam

Karta shartlari bilan tanishing va buyurtma berishni boshlang

4-qadam

Shahar yoki hudud maydonini bosing

5-qadam

Kerakli shahar yoki hududni tanlang

6-qadam

Kartani yetkazib berish usulini tanlang va manzilni belgilang

7-qadam

Ommaviy oferta shartlarini oxirigacha o‘qib chiqing

8-qadam

Oferta shartlariga rozilik belgilang va karta buyurtmasini yuboring

9-qadam

Ariza holatini “Arizalar” bo‘limida kuzating

10-qadam

Karta tayyorlanayotganini ariza bosqichlaridan tekshiring

11-qadam

Karta yetkazib berishga topshirilganini tekshiring

12-qadam

Karta yetkazilgach, “Faollashtirish” tugmasini bosing

13-qadam

SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting

14-qadam

PIN-kodni o‘rnatish” tugmasini bosing

15-qadam

Karta uchun yangi PIN-kodni kiriting

16-qadam

Yangi PIN-kodni qayta kiriting va o‘rnating

17-qadam

PIN-kod muvaffaqiyatli o‘rnatilganini tekshiring

18-qadam

SMS-xabarnoma xizmatini ulash haqidagi oynada “Tushunarli” tugmasini bosing

19-qadam

Karta muvaffaqiyatli faollashtirilganini tasdiqlovchi xabarni tekshiring

06

Ilovada valyuta ayirboshlash

8 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Ayirboshlash” bo‘limiga o‘ting

2-qadam

Pul yechiladigan kartani tanlang

3-qadam

Pul tushadigan kartani tanlash maydonini bosing

4-qadam

Kerakli valyutadagi kartani ro‘yxatdan tanlang

5-qadam

Tanlangan kartalar va valyutalarni tekshiring

6-qadam

Ayirboshlash summasini kiriting

7-qadam

Kurs va olinadigan summani tekshirib, “Ayirboshlash” tugmasini bosing

8-qadam

Operatsiya muvaffaqiyatli bajarilganini tekshiring va chekni saqlang

07

Kommunal xizmatlar uchun to‘lov

16 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

To‘lov” bo‘limida “Kommunal xizmatlar”ni tanlang

2-qadam

Kerakli xizmat turini tanlang, masalan, “Elektr energiyasi”

3-qadam

Hudud, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va shaxsiy hisobni kiritish formasini oching

4-qadam

Hudud ro‘yxatini oching

5-qadam

Kerakli hududni tanlang

6-qadam

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot maydonini oching

7-qadam

Kerakli RESni tanlang

8-qadam

Tanlangan RESni tekshiring

9-qadam

Shaxsiy hisob raqamini kiriting

10-qadam

Ma’lumotlarni tekshirib, “Davom etish” tugmasini bosing

11-qadam

Abonent ma’lumotlarini tekshiring va to‘lov summasini kiritishga o‘ting

12-qadam

To‘lov tafsilotlarini ko‘ring va to‘lov kartasini tanlash maydonini bosing

13-qadam

Pul yechiladigan kartani ro‘yxatdan tanlang

14-qadam

To‘lov summasini kiriting

15-qadam

To‘lov muvaffaqiyatli bajarilganini tekshiring va chekni saqlang

16-qadam

To‘lov muvaffaqiyatli bajarilganini tekshiring va chekni saqlang

08

Mobil aloqa uchun to‘lov

8 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

To‘lov” bo‘limida “Mobil aloqa” xizmatini tanlang

2-qadam

Telefon raqamini kiriting

3-qadam

Telefon raqamini tekshirib, to‘lov summasi maydoniga o‘ting

4-qadam

To‘lov summasini kiriting va “Davom etish” tugmasini bosing

5-qadam

Telefon raqami va summani tekshiring

6-qadam

Pul yechiladigan kartani ro‘yxatdan tanlang

7-qadam

Ma’lumotlarni tekshirib, “To‘lash” tugmasini bosing

8-qadam

To‘lov muvaffaqiyatli bajarilganini tekshiring va chekni saqlang

09

Onlayn omonat ochish

10 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Omonat” bo‘limida so‘mdagi omonatlar ro‘yxatidan kerakli mahsulotni tanlang

2-qadam

Omonat shartlari bilan tanishing va “Omonat ochish” tugmasini bosing

3-qadam

Axborot varaqasini o‘qib chiqing

4-qadam

Axborot varaqasi bilan tanishganingizni tasdiqlab, “Davom etish” tugmasini bosing

5-qadam

Oferta shartlarini oxirigacha ko‘rib chiqing

6-qadam

Oferta shartlariga rozilik belgilang va “Davom etish” tugmasini bosing

7-qadam

Kod so‘zini yarating va eslab qoling

8-qadam

Omonatni dastlabki to‘ldirish summasini kiriting

9-qadam

Mablag‘ yechiladigan karta yoki hamyonni tanlang

10-qadam

Omonat muvaffaqiyatli ochilib, to‘ldirilganini tekshiring

10

Onlayn mikroqarzni rasmiylashtirish

18 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Mahsulotlar vitrinasi”da onlayn kredit bo‘limini tanlang

2-qadam

Kredit shartlari bilan tanishing va “Davom etish” tugmasini bosing

3-qadam

Kerakli summa, muddat va to‘lov kunini tanlang

4-qadam

Daromadingizni kiriting va mablag‘ tushadigan kartani biriktiring

5-qadam

Qo‘shimcha aloqa uchun telefon raqamini kiriting

6-qadam

Shaxsni tasdiqlash usulini tanlab, MyID tizimiga o‘ting

7-qadam

Ariza ko‘rib chiqilishini kuting

8-qadam

Bank qarori shakllanishini kuting

9-qadam

Tasdiqlangan summa va muddatni tanlab, “Davom etish” tugmasini bosing

10-qadam

Ariza yakuniy ko‘rib chiqish uchun yuborilishini kuting

11-qadam

Kredit haqidagi ma’lumotlar va shartlarni diqqat bilan o‘qing

12-qadam

Barcha kerakli rozilik belgilarini qo‘yib, “Davom etish” tugmasini bosing

13-qadam

Oferta hujjatini oxirigacha ko‘rib chiqing

14-qadam

Oferta shartlariga rozilik bildiring

15-qadam

Kredit shartnomasini o‘qib, “Imzolash” tugmasini bosing

16-qadam

SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting

17-qadam

MyID orqali shaxsingizni qayta tasdiqlang

18-qadam

Kredit muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganini tekshiring va bosh sahifaga qayting

11

KwikPay orqali xalqaro pul o‘tkazmasini qabul qilish

7 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

O‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting

2-qadam

Xalqaro o‘tkazmalar”ni ochib, “KwikPay” xizmatini tanlang

3-qadam

O‘tkazma nazorat raqami va olinadigan summani kiriting

4-qadam

O‘tkazma ma’lumotlari va pul tushadigan kartani tekshirib, “O‘tkazmani olish” tugmasini bosing

5-qadam

O‘tkazma qayta ishlanishini kuting

6-qadam

Monitoring” bo‘limida o‘tkazma holatini tekshiring

7-qadam

O‘tkazma muvaffaqiyatli qabul qilinganini tekshiring

12

Astrasend orqali xalqaro pul o‘tkazmasini qabul qilish

7 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

O‘tkazmalar” bo‘limiga o‘ting

2-qadam

Xalqaro o‘tkazmalar”ni ochib, “Astrasend” xizmatini tanlang

3-qadam

O‘tkazma nazorat raqamini kiriting

4-qadam

Raqam to‘g‘ri kiritilganini tekshirib, “Davom etish” tugmasini bosing

5-qadam

Jo‘natuvchi, summa va pul tushadigan kartani tekshirib, “O‘tkazmani olish” tugmasini bosing

6-qadam

O‘tkazma qayta ishlanishini kuting

7-qadam

O‘tkazma muvaffaqiyatli qabul qilinganini tekshiring

13

Tez QR orqali to‘lov qilish

5 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Bosh sahifada “QR to‘lov” tugmasini bosing

2-qadam

QR-kodni skanerlash” tugmasini bosing

3-qadam

Telefon kamerasini savdo nuqtasidagi QR-kodga yo‘naltiring

4-qadam

QR-kod o‘qilishini kuting

5-qadam

To‘lov ma’lumotlarini tekshiring, kartani tanlang va “To‘lash” tugmasini bosing

14

Karta bo‘yicha ko‘chirma olish

7 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Bosh sahifada profil belgisini bosing

2-qadam

Profil menyusida “Ma’lumotnoma olish” bo‘limini tanlang

3-qadam

So‘mdagi karta balansi” ma’lumotnomasini tanlang

4-qadam

Kartani va hujjat tilini tanlab, “Ma’lumotnomani so‘rash” tugmasini bosing

5-qadam

Ma’lumotnoma shakllanishini kuting yoki “So‘ralgan ma’lumotnomalar” bo‘limiga o‘ting

6-qadam

So‘ralganlar” ro‘yxatidan tayyor ma’lumotnomani tanlang

7-qadam

Ma’lumotnomani ko‘rib chiqing va zarur bo‘lsa ulashing

15

Firibgarlik haqida xabar berish

6 qadamdan iborat ko‘rsatma

1-qadam

Bosh sahifada profil belgisini bosing

2-qadam

Xavfsizlik” bo‘limida “Firibgarlik haqida xabar berish” xizmatini tanlang

3-qadam

Ogohlantirish bilan tanishing va “Davom etish” tugmasini bosing

4-qadam

Firibgarning telefon raqami, zarar summasi, voqea sanasi, vaqti va tafsilotlarini kiriting

5-qadam

Kiritilgan ma’lumotlarni tekshirib, “Yuborish” tugmasini bosing

6-qadam

Murojaat yuborilganini tekshiring; zarur bo‘lsa bank bilan bog‘laning